«g‘afur g‘ulom parki» tegli maqolalar


Sentabrda ishga tushishi aytilgan G‘afur G‘ulom bog‘i hanuz ochilishga tayyor emas
10 oktabr 2022, 13:18

Sentabrda ishga tushishi aytilgan G‘afur G‘ulom bog‘i hanuz ochilishga tayyor emas

Avvaliga shu yilning yoz faslida, keyinchalik esa 1 sentabrda ochilishi aytilgan G‘afur G‘ulom bog‘i hanuz foydalanishga tayyor emas. Parkni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management kompaniyasi vakili esa aniq qaysi sanada ochilishini ham ayta olmadi. “Gazeta.uz” ish jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.

G‘afur G‘ulom bog‘iga attraksionlar o‘rnatib, birga biznes qilishga va’da bergan shaxs $60 mingni o‘zlashtirib yubordi
12 aprel 2022, 17:37

G‘afur G‘ulom bog‘iga attraksionlar o‘rnatib, birga biznes qilishga va’da bergan shaxs $60 mingni o‘zlashtirib yubordi

Toshkentda do‘stiga G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘da yangi attratsionlar sotib olish va o‘rnatish loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qilgan shaxs berilgan 60 ming dollarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

G‘afur G‘ulom bog‘ini yozda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda
16 fevral 2022, 12:06

G‘afur G‘ulom bog‘ini yozda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda

G‘afur G‘ulom bog‘ini 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Management kompaniyasi vakilining aytishicha, bog‘ni 2022 yil yozida ochish rejalashtirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga 4 mln dollar sarmoya kiritilgan. Avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kompaniyani sarmoyaviy majburiyatlarni bajarmayotgani uchun tanqid qilgan edi.

Senator Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi
18 dekabr 2021, 18:41

Senator Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi

Senator Tolibjon Madumarov Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i yuzasidan shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi. Senator Baxtiyor Sayfullayev esa mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilishini bildirdi. «Bundan keyin shahar hokimligining obyektlarni investorlarga berilishi bo‘yicha o‘ylab ish qilishini nazoratimizga olamiz», — dedi u.

«G‘afur G‘ulom» bog‘i o‘rnida turar-joy majmuasi qurilmaydi — Madaniyat vazirligi
16 noyabr 2020, 13:58

«G‘afur G‘ulom» bog‘i o‘rnida turar-joy majmuasi qurilmaydi — Madaniyat vazirligi

Toshkentdagi «G‘afur G‘ulom» nomli istirohat bog‘i o‘rniga turar-joy majmuasi qurilishi haqidagi xabarlar rad etildi. Madaniyat vazirligi hozirda bog‘ hududida rekonstruksiya ishlari olib borilayotganini, jumladan, yengil konstruksiyali inshootlar buzilayotganini ma’lum qildi. Eskirgan attraksionlar ham demontaj qilinadi.

“G‘afur G‘ulom bog‘ining o‘rnida qurilish bo‘lishi haqidagi qo‘rquvlar asossiz” — Toshkent hokimligi
7 iyul 2020, 19:51

“G‘afur G‘ulom bog‘ining o‘rnida qurilish bo‘lishi haqidagi qo‘rquvlar asossiz” — Toshkent hokimligi

Toshkent hokimligi yana bir bor G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i fuqarolar dam olish joyi sifatida yashil zona bo‘lib qolishini ta’kidladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘rnida turar-joy majmuasi yoki biznes-markaz quriladi, degan gap-so‘zlar tarqalgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting